Nilufar Usmonova - Asraydi

Balo-qazolardan qo`rqmagin, yorim,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
G`am-anduh yuraging ezmasin, jonim,
Seni sevgim, ishqim asraydi.

Dushmanlar zarbidan cho`chima aslo,
Qalbingdagi mehr bizni asraydi.
Axir sen bizlarga ham yor, pahlavon,
Unutma, sendagi g`urur asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni sevgim, ishqim asraydi. (x2)

Yolg`izlik dilingni azoblamasin,
Suygan yoring bor – seni asraydi.
Ikkimiz keksayib, qarib qolganda
Muhabbat mevasi bizni asraydi.

Bizga bundan ortiq yana ne kerak?
Ishonch qalqon bo`lib, oila asraydi.
Agar baxtimga sog`-omon bo`lsang,
Bir qarab kulishing, so`zing asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni sevgim, ishqim asraydi. (x2)

Oylar, yillar o`tibdi-ya, qara bir zumda,
Kunlarim, quvonchim, sevgim, qo`rg`onim.
Senla malikaman, yo`q – qirolicha,
Otamdek bu qaynoq bag`ring asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,
Seni Yaratgan Alloh asraydi.
Asraydi, asraydi, asraydi,
Meni qaynoq bag`ring asraydi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Bojalar guruhi, Nilufar Usmonova - Tegaman
Abdurashid Yo'ldoshev - Boshqalarda yo’q
Hilola Hamidova - Boylandim
Yalla ansambli - Omon yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты