Habiba Oxunova - Alla

Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab, asta
Uxlab qolgin, alla.

Yuzlaringga tomgan suvga
Hayron bo`lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Istiqboling porloq sening,
Jajjiginam, alla-yo.
Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Baxtimga sen katta bo`lgin,
Xazon bo`lma, alla.

Sevganimdan yodgorimsan,
Oltin qo`zim, alla-yo.
Men sho`rlikday to`kilmagin,
Ko`rar ko`zim, alla.

Men sho`rlikday to`kilmagin,
Ko`rar ko`zim, alla.

Alla, alla, alla-yo…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sitora Farmonova - Habiba
Zamira Suyunova - Alla
Botir Qodirov - Kimga aytay
Tojibar Azizova - Bolam
Farrux Xamraev - Jonim bolam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты