Safiya Saftarova - Sevgilim

Eslamasang ham meni,
Qanday qilib tonaman?
Yillar o`tar-u, seni
Unutolmay yonaman. (x2)

Mayli, menku qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Sevgilim, sevgilim,
Mayli, menku qon dilim,
Sevgilim, sevgilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Mendan kechib ketganing
Mayli, joning sog` bo`lsin.
Mening ko`nglim cho`ksa ham,
Sening ko`ngling chog` bo`lsin. (x2)

Mayli, menku qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Sevgilim, sevgilim,
Mayli, menku qon dilim,
Sevgilim, sevgilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Bahor kelsa, bog`larga
Sevishganlar sig`maydi.
Mening kuygan ko`ksimda
Qizg`aldoqlar yig`laydi. (x2)

Mayli, menku qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Sevgilim, sevgilim,
Mayli, menku qon dilim.
Sevgilim, sevgilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Muhabbatsiz hayot yo`q,
Omon bo`l-u, bilib ol:
Sening umring – uzun yo`l,
Mening umrim – bir savol.

Mayli, menku qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Sevgilim, sevgilim,
Mayli, menku qon dilim.
Sevgilim, sevgilim,
Baxtlimisan, sevgilim?

Sevgilim, sevgilim,
Baxtlimisan, sevgilim?
Sevgilim, sevgilim,
Mayli, mening qon dilim.

Sevgilim, sevgilim,
Mayli, menku qon dilim,
Sevgilim, sevgilim,
Baxtli bo`lsang, sevgilim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Anvar Sobirov - Sevishganlar
Xo'ja guruhi - Bahor
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Bojalar guruhi, Rayhon - Omoney


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты