Otash Hijron - Kim

Sen yaxshi, men yomon,
Eshiklar yopiq, manzilim uzoq.
Kim yaxshi, kim yomon,
Savol so`zimda, javob ber qani.

[Otash Xijron]
Agarda keragim bo`lmay qolgan bo`lsa ortiq,
Mayliga, labingni boshqa qilmagin tortiq.
Asablar yetib keldi, joylandi joy-joyiga,
Nigohing shirin-u so`zlaring juda achchiq.

Og`ir botar hammasi, o`ylamaysan yurakni,
Oqibatda bilmayman kerakmas yo kerakni.
Isbot qilma sevishing, isbotlanish shart emas,
Seni sevish mengamas, meni sevish sengamas.

Yarim kecha ko`changdan o`tar bo`ldim ezilib,
Alam eshigin ochdi, oqdi yoshlar sizilib.
Ko`ngling menda emasligi shundoq turar sezilib,
Yarim kecha ko`changdan o`tar bo`ldim ezilib.

Battar bo`ldi kunlarim, asarsiz yaxshiliklar,
Senga tortiq etilar qasrli bu eshiklar.
Sevganlarim ayb emas, aybim oddiyligimda,
Bitiklarim muhrda qoldi kundaligimda.

[Boburkhan]
Sen yaxshi, men yomon, orada to`siq ajratar endi,
Eshiklar yopiq, manzilim uzoq, yo`limda armon bo`ldiku tuzoq.
Kim yaxshi, kim yomon, vaqt ko`rsatar qachondir hali,
Unutganmisan sevganim mani, savol so`zimda, javob ber qani! (x2)

Sen yaxshi, men yomon,
Eshiklar yopiq, manzilim uzoq.
Kim yaxshi, kim yomon,
Savol so`zimda, javob ber qani.

[Otash Xijron]
Niqob kiygan yuzlaringni nigohimga qadama,
Sotilgansan, sadoqatsiz bevafosan, aldama.
Ko`ngil bilar xiyonating, uni endi qiynama,
Hislarim o`yinchoq emas, avranar deb o`ylama.

Balki bugun, balki erta tikka boshing egilar,
Chiroyli bu qomatlaring aniq bir kun bukilar.
Hamma narsa vaqtincha, so`zlarim eslab qolgin,
To`rtta burchak xonangda yig`lab damingni olgin.

Agarda keragim bo`lmay qolgan bo`lsada ortiq,
Mayliga, lablaringni boshqa qilmagin mayli tortiq.
Asablarim yetib keldi, joylandi joy-joyiga,
Nigohing shirin-u so`zlaring juda achchiq.

Og`ir botar hammasi, o`ylamaysan yurakni,
Oqibatda bilmayman kerakmas yo kerakni.
Isbot qilma sevishing, isbotlanish shart emas,
Seni sevish mengamas, meni sevish sengamas.

[Boburkhan]
Sen yaxshi, men yomon, orada to`siq ajratar endi,
Eshiklar yopiq, manzilim uzoq, yo`limda armon bo`ldiku tuzoq.
Kim yaxshi, kim yomon, vaqt ko`rsatar qachondir hali,
Unutganmisan sevganim mani, savol so`zimda, javob ber qani! (x2)



Бошка кушик матнлари:


Otash Hijron - Aldamadim
Sevara - Eski shaharlik
Ummon - Yo`qol
Alisher Fayz - Kerakmas
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты