Konsta - Tosh

Faqat yig`lama yana sevgi haqida,
Balki, o`zgarmaydi, deganlar haq edi.
Men ham hamma kabi sevgimiz deyman,
Ammo tezda erishib, yana tezda muzlayman.

Faqat yig`lama, axir sendamas ayb,
Harorat boradi menda pasayib.
Men yaxshi ko`rishni unutib qo`ydim,
Kecha yoqqan insondan bir kun o`tib to`ydim.

Uchrashuvlar, ketidan ayblar,
Men tosh, qolganlar yuragim ayblar.
Yana bir inson oldi hayot darsini
Va yana umidlar sinib.

Ha, balki toshdirman,
Balki mensiz sening ko`zingda yosh turmas.
Baxtli bo`lar eding balki men bo`lmasam,
Balki sevganing men bo`lmasam.

A, bu hammaning boshidan kechadi,
Har kim bir kun bo`lsada qoladi, kechadi.
Har kim bir insonni deb boridan kechadi,
Undan keyingi tuyg`ular tugaydi bir kechada. (x2)

Sevmagansan, dema arxivga kirmay,
Ko`rgin Sharafni 15 yoshida.
2007 yil, qish, -20,
Kutardim ko`chasining boshida.

Kuymagansan, dema o`tmishni ko`rmay,
To`rt devor uzra bo`lib o`tganin.
Uydan chiqmay, oylab quyoshni ko`rmay,
Har soniya dilimni minglarga bo`lib o`tganin.

Mening aytadiganim ko`p, lek sen eshitolmaysan,
San uchun toshman, har yorilganimda qonaysan.
Menda ham ko`ngil bor, lek unga yetolmaysan,
Nega vijdonga tegmay ketolmaysan?

Charchatdi smslar, charchatdi yolg`izlik,
Charchatdi kuchli bo`la turib, his etish holsizlikni.
Charchatdi o`chirishlar boshqatdan hat chatni,
Bilsang, o`zimni ham tosh bo`lish charchatdi…

Bu hammaning boshidan kechadi,
Har kim bir kun bo`lsada qoladi, kechadi.
Har kim bir insonni deb boridan kechadi,
Undan keyingi tuyg`ular tugaydi bir kechada.



Бошка кушик матнлари:


Shahzod guruhi - Yo’q dema
Rayhon, Ziyoda - Dema sodda
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Hosila Rahimova - Tilak
Mango guruhi - Ayb senda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты