Yulduz Usmonova - Shoh va gado

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda, (x2)
Bu dunyoning ishlari
Har yo`ldadir, har yo`lda. (x2)

Savob ishni hammamiz
Qiladurmiz, qilamiz. (x2)
Lek savobni keti yo`q,
Tubi yo`qdur, tubi yo`q. (x2)

Dunyo – armon dunyodir,
Bilmam, tushmi ro`yodir, (x2)
Mehmonlari bir birin
Ko`zlarini o`yodir. (x2)

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda. (x2)

Dunyo yol`gon dunyodir,
Qo`llarida tosh ko`rdim. (x2)
Halollikning, poklikning
Ko`zlarida yosh ko`rdim. (x2)

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda. (x2)

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda, (x2)
Bu dunyoning ishlari
Har yo`ldadir, har yo`lda. (x2)

Shohni ham gadoni ham,
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yigirma yosh
O'lmas Olloberganov - Mehmon ekanmiz
Nilufar Usmonova, Yulduz Usmonova - Illo
Nilufar Usmonova, Yulduz Usmonova - Qirolichaman
Shohruz - Aldadi yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты