InTim - O’ldir mani

[Sadeecow]
Ertalab sahar, soat chamasi olti,
Ko`zlaringni jonim, yana esga oldim.
Bilmadim nechun, bilmadim ne sabab,
Qo`msadi vujud, netay, eslama desam ham.

Yashagim kelmaydi ortiq bu hayotda mutlaqo,
Yonimda qol, deganim sari bo`lasan yiroq.
Qalbing o`rtasiga bordim, mani top, yo`qolib qoldim,
O`q olib ot yoki o`ldir, qandilga ulab arqonni.

Tomirimda qonim oqadi bemador,
Yuqori harorat ato etadi labing qora to`ri.
O`ljalaring qatoriga mo`ljallab qilasan ov,
Yarador bo`lganimdan ko`ra o`ldiraqol.

Kulasan, juda tez unutasan,
Asalim, deganingda erisam, qalbimni yutasan.
Bittasan, buni yaxshi bilasan,
Yo`q demasang agar, bir narsa so`rasam…

[InTim]
O`ldir mani, haqiqiy hayot etaqol tortiq,
O`ldir mani, qalbingda bir daqiqa qolmayman ortiq.
O`ldir mani, qaror qil, bo`ldi, yarim yo`lda qoldir,
O`ldir mani, faqat yo`qolsin qalbim og`rigi.

[Sadeecow]
Ba’zida qiladi alam, ichimga yutaman dard,
Ko`zimda qalqiydi yosh, erkak uchun bu uyat.
Qo`limda tebratib qalam, nomingga bitardim san’at,
Endi manga san ayt, dardimga kim bo`ladi ko`mak?

Necha bora telba holim bilib kalaka,
Falakdagi yulduzim, farqimiz-a tabaqa.
Nafaqaga ketdi holim, ko`rib sevgi ma’budlari,
Bo`ldi nobud umidlarim, ko`tardim tobutim bari.

Dard qildi mani darbadar, devona yana,
Yo`llaring poyladim, intildim, bo`ldim parvona qara.
Mana ol mani jonim, mayli urgin xanjaring,
Urindim necha bora, bo`lolmadim Majnuning.

Tunda qo`lda may, bo`lib o`limga shay,
Yashadim shu tariqada, qismatim ekan netay?
Yozdim aqlimdan etib bayon dardlarim suratingga,
Savlatimga yarashmadi, qolib ketdim kulguga.

[InTim]
O`ldir mani, haqiqiy hayot etaqol tortiq,
O`ldir mani, qalbingda bir daqiqa qolmayman ortiq.
O`ldir mani, qaror qil, bo`ldi, yarim yo`lda qoldir,
O`ldir mani, faqat yo`qolsin qalbim og`rigi.

O`ldir mani… O`ldir mani… {x2}



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Yo`qol
Mirzabek Xolmedov - Erkak
Sarbon guruhi - Jimir-jimir
Hadicha Qurbonova - Yashagim kelyapti, onajon
Sardor Mamadaliyev - Hayot davom etadi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты