O'ktam Kamolov - Ovchilar

Burgutdayin o`tkir ko`zimiz,
Bo`ridayin olg`ir o`zimiz,
Otilgan o`qdayin har so`zimiz,
Doimo oshig`i olchilar,
Bizmiz o`sha jasur ovchilar.

Burgutdayin o`tkir ko`zimiz,
Bo`ridayin olg`ir o`zimiz,
Otilgan o`qdayin har so`zimiz,
O`ljaga kutilmagan sovchilar,
Bizmiz o`sha botir ovchilar.

O`ljani ko`lda poylab yotamiz,
Dashtlar-u cho`lda quvlab otamiz.
Kezamiz o`rmon, tog`-u toshgacha,
Mashaqqatli ov gashti boshqacha.

Burgutdayin o`tkir ko`zimiz,
Bo`ridayin olg`ir o`zimiz,
Otilgan o`qdayin har so`zimiz,
Doimo oshig`i olchilar,
Bizmiz o`sha jasur ovchilar.

Sabr va mardlik ovchiga kerak,
Qo`rquv bilmagan, olovli yurak.
Oliyjanobdir, kuch qaynar bilak,
Ovchida doim bor yaxshi tilak.

Burgutdayin o`tkir ko`zimiz,
Bo`ridayin olg`ir o`zimiz,
Otilgan o`qdayin har so`zimiz,
Doimo oshig`i olchilar,
Bizmiz o`sha jasur ovchilar.

Katta-yu kichik, do`st-u birodar,
Ovda farqi yo`q, barcha barobar.
Gulxanni yoqib o`tirar ovchilar,
Bari o`ktam og`lon, oshig`i olchilar.

Burgutdayin o`tkir ko`zimiz,
Bo`ridayin olg`ir o`zimiz,
Otilgan o`qdayin har so`zimiz,
Doimo oshig`i olchilar,
Bizmiz o`sha jasur ovchilar.

Burgutdayin o`tkir ko`zimiz,
Bo`ridayin olg`ir o`zimiz,
Otilgan o`qdayin har so`zimiz,
O`ljaga kutilmagan sovchilar,
Bizmiz o`sha botir ovchilar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


O'ktam Kamolov - Bo’ri
Sharof Muqimov - Tungi mehmon
Nasiba Abdullaeva - Bari gal
Ozoda Nursaidova - Farqi yo’q
Dilshodbek Xoliqov, Ruhshona - Bilak uzugim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты