Gulasal Abdullayeva - Ikki atirgul

Iforlarin taratar, o`zlariga qaratar
Ikki atirgul, ikki atirgul.
Bir-birin erkalata, xasta dilni yayratar,
Ikki atirgul.

Shabnam har yaprog`ida, yosh kabi yanogida,
Dardlari mushkul.
Bir-birin firoqida, sevgining qiynog`ida
Ikki atirgul.

Tonggacha shivir-shivir,
Oshiqlar holi shudir,
Atirgullar misoli
Dillari visoli.

Tonggacha shivir-shivir,
Barglari shitir-shitir,
Gullarni siypalar
Tongning shamoli.

Bir-birin sog`inar, ko`rmasa og`rinar,
Ikki atirgul.
So`nmasin sevgimiz, axir biz ikkimiz –
Ikki atirgul.

Azobim tuysa ham, ishqida kuysa ham,
Mayliga butkul.
Aslo qayrilmasin, aslo ayrilmasin
Ikki atirgul.

Tonggacha shivir-shivir,
Oshiqlar holi shudir,
Atirgullar misoli
Dillari visoli.
Tonggacha shivir-shivir,
Barglari shitir-shitir,
Gullarni siypalar
Tongning shamoli. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Umida Mirhamidova - Oq atirgullar
Ma'murjon Uzoqov - Ayrilmasin
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Gulasal Abdullayeva - Yomg’ir
Sarbon guruhi - Tong shamoli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты