Otash Hijron - Aldadi

[Dildora]
Bahoringman, deb aldar qish,
Bu darddan yuragim xomush.
Alamli yuragim tutib,
Yashayman azobga botib.

Borimni etgandim taqdim,
Nahot shu sen uchun qadrim?
Azoblar tildimu bag`rim,
Yurakka sig`maydi dardim.

Ketaveraman manzilim tomon,
Sening xayolingdan ayirolmaydi, yor,
Armon, sog`indim yomon.
Boraveraman yana sen tomon,
Sening visolingni unutolmayman, yor
Hamon, so`zimga ishon.

[Otash Hijron va Dildora]
Aldadi, aldaydi meni,
Aldadi shirin orzular.
Aldadi, aldaydi meni,
Aldadi go`zal tuyg`ular.

Yorimning sevishi yolg`on,
Samimiy boqishi yolg`on.
Orzuyingman, deya meni
Aldadi, aldadi, armon.

[Dildora]
Esingdami shirin onlar?
Esingdami baxtli damlar?
Sen tomon yetmaydi endi
Endi bu zor qadamlar.

Vujudimdagi titroqsan,
Kimga baxt, menga firoqsan.
O`ylamay aldading, ketding,
Sen deb yashashim bilmading.

Ketaveraman manzilim tomon,
Sening xayolingdan ayirolmaydi, yor
Armon, sog`indim yomon.
Boraveraman yana sen tomon,
Sening visolingni unutolmayman, yor
Hamon, so`zimga ishon.

[Otash Hijron va Dildora]
Aldadi, aldaydi meni,
Aldadi shirin orzular.
Aldadi, aldaydi meni,
Aldadi go`zal tuyg`ular.

Yorimning sevishi yolg`on,
Samimiy boqishi yolg`on.
Orzuyingman, deya meni
Aldadi, aldadi, armon.

[Dildora]
Ketaveraman manzilim tomon,
Sening xayolingdan ayirolmaydi, yor
Armon, sog`indim yomon.
Boraveraman yana sen tomon,
Sening visolingni unutolmayman, yor
Hamon, so`zimga ishon.

[Otash Hijron va Dildora]
Aldadi, aldadi meni,
Aldadi shirin orzular.
Aldadi, aldadi meni,
Aldadi go`zal tuyg`ular.

Yorimning sevishi yolg`on,
Samimiy boqishi yolg`on.
Orzuyingman, deya meni
Aldadi, aldadi, armon.



Бошка кушик матнлари:


Shoira Otabekova - Alamli
Farrux Xamraev - Esingdami
Otash Hijron - Unutolmayman
Sardor Rahimxon - Bilmading
Ozodbek Nazarbekov - Oh kimga yomon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты