Shuhrat Daryo - Ko’zlaring qaro

Ko`zlaring qaro, lekin jonga balo emas,
Ko`zlaring qaro, lekin jonga balo. (x2)

Ko`zlaring qaro, yor,
Lekin jonga balo emas.
Yuragim yaro,
Lekin ko`ngling davo emas. (x2)

Oshig`-u benavodurman,
Lekin hech kim Majnun demas.
Adashgan cho`l-sahrodurman,
Lekin sen ham Shirin emas. (x2)

Ko`zlaring qaro,
Lekin jonga balo emas.
Yuragim yaro,
Lekin ko`ngling davo emas.

Dardingda darmondaman,
Bag`ri-dilim dog`dadir. (yo`g`e)
Ammo sening ko`ngling soxta,
Muhabbating soxtadir. (iye)

Muhabbat ro`mol emas,
Ko`zni shod etadigan.
Muhabbat shamol emas,
Bir esib o`tadigan.

Ko`zlaring qaro,
Lekin jonga balo emas.
Yuragim yaro,
Lekin ko`ngling davo emas. (x2)

Oshig`-u benavodurman,
Lekin hech kim Majnun demas.
Adashgan cho`l-sahrodurman,
Lekin sen ham Shirin emas. (x2)

Ko`zlaring qaro,
Lekin jonga balo emas.
Yuragim yaro,
Lekin ko`ngling davo emas. (x2)

Ko`zlaring qaro, lekin jonga balo emas,
Ko`zlaring qaro, lekin jonga balo. (x2)

Ko`zlaring qaro… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Osiyo guruhi - Dilozor
Og'abek Sobirov - Dog’iman
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты