Ne kun o`lg`ayki, nigorim kelgay,
Bog`i umrumda bahorim kelgay. (x2)
Umr bog`ida bahor uldurkim,
Sarvqad lolauzorim kelgay. {x2}
Ul gado jonig`a o`t tushkaykim,
Olg`ali sham’i mazorim kelgay. (x2)
Ko`yida etti ko`ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay. {x2}
Qani maykim, chu ichib mast o`lsam,
Ko`kka tuz boqqali orim kelgay. (x2)
Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: