Gulsanam Mamazoitova - Kelgay

Ne kun o`lg`ayki, nigorim kelgay,
Bog`i umrumda bahorim kelgay. (x2)

Umr bog`ida bahor uldurkim,
Sarvqad lolauzorim kelgay. {x2}

Ul gado jonig`a o`t tushkaykim,
Olg`ali sham’i mazorim kelgay. (x2)

Ko`yida etti ko`ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay. {x2}

Qani maykim, chu ichib mast o`lsam,
Ko`kka tuz boqqali orim kelgay. (x2)

Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Kelgay
Sherzod Bek - Janon pari
Sevara - Ali
Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Bojalar guruhi - Oypari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты