Sardor Mamadaliyev - Yig’latma

Ohu kabi kezganda ham go`zallar,
Qosh-u ko`zin suzganda ham go`zallar,
O`z yo`liga solganda ham go`zallar,
Uydagi yor-farishtangni yig`latma.

Yolg`on yorga berma aql-u xayoling,
Sarob jilvasiga solma kamoling,
Alloh ravo ko`rgan juft-u haloling,
Uydagi yor-farishtangni yig`latma.

Yig`latma-yig`latma, yig`latma-yig`latma,
Uydagi yor-farishtangni yig`latma.
Yig`latma-yig`latma, yig`latma-yig`latma,
Uydagi yor-halolingni yig`latma.

Yuzing burma oftobingdan, taftingdan,
O`zga baxt yo`q halolingdan, baxtingdan.
Qaytgin endi bu xatoying, shahdingdan,
Uydagi yor-farishtangni yig`latma.

Buzgin endi gunohlaring qasrini,
Unut endi nomahramning vaslini,
Ey Sadoiy, bilsang yomon kasrini,
Uydagi yor-farishtangni yig`latma.

Yig`latma-yig`latma, yig`latma-yig`latma,
Uydagi yor-farishtangni yig`latma.
Yig`latma-yig`latma, yig`latma-yig`latma,
Uydagi yor-halolingni yig`latma.

Yig`latma-yig`latma, yig`latma-yig`latma,
Yig`latma-yig`latma, yig`latma-yig`latma.
Yig`latma-yig`latma…



Бошка кушик матнлари:


Davron Ahmedov - Go’zallar
Mahmud Namozov - Ohu-voh
Ozodbek Nazarbekov - Olloh go’zal
Ulug'bek Rahmatullaev - Nazira
Botir Qodirov - Halima


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты