Shuhrat Daryo - Aylanaman

Hoy kulma, tuproqmas tog` edim,
Bahorning bolasi – bog` edim.
Seni uchratguncha sog` edim,
Sog`indim, sog`indim, sog`indim.

Seni uchratguncha sog` edim,
Sog`indim, sog`indim, sog`indim.

Aylanaman, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman.
Aylanaman, hey, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman-ey.

Tolzorlar to`shimni tishlaydi,
O`rindiq o`rnimni mushtlaydi. (x2)
Ostonang ot bo`lib kishnaydi-yey,
Sog`indim, sog`indim, sog`indim. (x2)

Aylanaman, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman.
Aylanaman, hey, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman-ey.

Yur ketdik, osmonda uyim bor,
Sen haqda osmondek o`yim bor. (x2)
Munchoqdek os meni, bo`yning dor,
Sog`indim, sog`indim, sog`indim. (x2)

Hey, aylanaman, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman.
Aylanaman, hey, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman-ey.

Aylanaman, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman.
Aylanaman, hey, o`rgilaman,
Sog`inchnomalarimni kuyga solaman-ey.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Sevara Nazarkhan - Yur muhabbat
Shohruhxon - Yur
Guli Asalxo'jayeva - Sevgi farishtasi
Hojiakbar Haydarov - Yur muhabbat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты