Ignadan ip o`tmasa,
Ko`z nechun darkor ekan?
Nolasi tosh teshmasa,
So`z nechun darkor ekan? (x2)
Voy, aka, urmangiz do`q,
Choyingiz novvoti yo`q.
Dilda xush bulbulsiz-u,
Ko`ngilda ko`rmadik-ku?
Jon uchun bo`lgan jo`ra
Jon ipin uzmas sira,
Loyqa suv ham yaxshidir
Bevafo yordan ko`ra.
Ignadan ip o`tmasa,
Ko`z nechun darkor ekan?
Nolasi tosh teshmasa,
So`z nechun darkor ekan? (x2)
Oy bizdan ancha uzoq,
Kunduz ham qancha uzoq,
Yonimda turibsiz-ku,
Ko`nglimdan buncha uzoq.
Taxirga talqon qani,
Mehrga mehmon qani?
Oh urgan odam ko`p-u,
Ishqimga sulton qani?
Ignadan ip o`tmasa,
Ko`z nechun darkor ekan?
Nolasi tosh teshmasa,
So`z nechun darkor ekan? (x2+x4)
So`z nechun darkor ekan?
Ko`z nechun darkor ekan? (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: