Barno - Behuda

Zulmat tun qalbimni egallab borar,
Sevganim sen eding.
Savollar yuragim qiynar tobora,
Ayt, qanday unutding?

Aldab o`zimni o`zim, yo`llaringga
Termulaman hamon.
Sen ishontirgan tomon,
Baxt unutilgan tomon.

Kutarman behuda,
Meni sen unutgan bo`lsang ham.
Izlayman behuda,
Endi ko`zlarimda nam, qalbimda alam.

Yig`layman behuda,
Lekin sen buni tushunmaysan.
Bilaman, behuda,
Axir sen sevmagansan,
Sen mendek qiynalmaysan.

To`rt tomonimdan dard meni ezar,
Aldash osonmikan?
Baxtga ishontirib, va’dalar berib,
Kechish oson ekan.

Sevgidan yongan ko`zlarimga boq,
Qanchalar iztirob.
Sevgim endi harob,
Orzularim sarob.

Kutarman behuda,
Meni sen unutgan bo`lsang ham.
Izlayman behuda,
Endi ko`zlarimda nam, qalbimda alam.

Yig`layman behuda,
Meni sen unutgan bo`lsang ham.
Izlayman behuda,
Endi ko`zlarimda nam, qalbimda alam.

Yig`layman behuda,
Lekin sen buni tushunmaysan.
Bilaman, behuda,
Axir sen sevmagansan,
Sen mendek qiynalmaysan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Anvar Sanayev - Barno
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Sarvar va Komil - Dard
Ummon - Qanday unutding
Azizshox - Ayt ayt


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты