Umar Shamsiyev - Nadur bu dunyo

Man yuragi vayron, ko`zlari giryon, dilida armon,
Man zor-u sarson, lol-u hayron, taqdiri farmon.
San olisga ketding, mani zor etding, bo`lmadi oson,
Dard tig`ladi qalbim, yig`ladi qalbim, bo`ldim parishon.

Masofalar bizlarni ayirdilar,
Sevgimizning qanotin qayirdilar.
Sog`inch azobi eng og`ir begumon,
Dunyoda bormi ayting, ayriliqdan ham yomon?

Nadur bu dunyo, dardmu dunyo?
Armonlari yo shartmu dunyo?
Ko`zlarimizda gardmu dunyo?
Nadur bu dunyo, bu dunyo, bu dunyo? (x2)

Dil chekadi ozor va yana bemor va yana bedor,
Dard yana xaridor, bo`lmadi diydor bizlarga zinhor.
Tong otadi og`ir, yuragim og`rir, yuragim og`rir,
Kun botadi asta, man dili xasta, sababi – san, yor.

Masofalar bizlarni ayirdilar,
Sevgimizning qanotin qayirdilar.
Sog`inch azobi eng og`ir begumon,
Dunyoda bormi ayting, ayriliqdan ham yomon?

Nadur bu dunyo, dardmu dunyo?
Armonlari yo shartmu dunyo?
Ko`zlarimizda gardmu dunyo?
Nadur bu dunyo, bu dunyo, bu dunyo? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Mango guruhi - Dilorom
Abdulla Ubaydullaev - Sen yo’qsan
Bojalar guruhi - Lol bo’laman
Bojalar guruhi, Rayhon - Hayron bo’lmanglar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты