Muzaffar Mirzarahimov - Kimlarga ishim tushmadi

O`zing uchun o`l yetim dunyo,
Sabr kuydi, holva pishmadi.
Hayot boshga solmas ne savdo,
Eh, kimlarga ishim tushmadi! (x2)

To`zib ketar boshlagan ishim,
O`zib ketar bundan mish-mishim. (x2)
Eh, qiyin bo`ldi do`stga yolchishim,
Kimlarga ham ishim tushmadi,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!

O`zing uchun o`l yetim dunyo,
Sabr kuydi, holva pishmadi.
Hayot boshga solmas ne savdo,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!

Hech tengi yo`q aslariga ham,
Obod-u xor, xaslariga ham, (x2)
Har kas-u nokaslariga ham,
Yana kimga ishim tushmadi,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!

Ingrab borsang, ho`ngrab qarshilar,
Quchoq ochsang, yenglab qarshilar,
Topgunimcha sizni, yaxshilar,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!

O`zing uchun o`l yetim dunyo,
Sabr kuydi, holva pishmadi.
Hayot boshga solmas ne savdo,
Eh, kimlarga ishim tushmadi!



Бошка кушик матнлари:


Muzaffar Mirzarahimov, Nilufar - Yuragim jim
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Botir Qodirov - Kimga aytay
Ozodbek Nazarbekov - Oh kimga yomon
Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты