[Alisher Fayz]
Erta tongdan hamroh dilga,
A’lo, eng zo`r kayfiyat.
Bu kayfiyat yuqar senga,
Zo`r TV bilan faqat.
[Xurshid Turdiev]
Hangoma-yu xazillar,
Ham rang-barang manzillar.
Shiorimiz: Shod bo`lsin
Bizni ko`rgan ko`ngillar-ey.
[Alisher Fayz va Xurshid Turdiev]
Ko`rgin do`stim, Zo`r TVda
Hammasi zo`r-zo`r.
Bu oynai jahonda sen
Zo`r TVni ko`r-ko`r. (x2)
[Xurshid Turdiev]
Shukur akam Isroilov –
“Oshxonamiz qiroli”,
Turli-tuman taomlardan
Zo`r bosilar xumori.
[Alisher Fayz]
Yo`ling tushsa, “Xontaxta”da
Achchiq ko`k choy icharmiz
Voy, birgalikda “Time-off”da
Eshiklarni ocharmiz-ey.
(- E qidir bola, kalitni-ey…
– E mana-mana, mana topdim-topdim)
[Alisher Fayz va Xurshid Turdiev]
Ko`rgin do`stim, Zo`r TVda
Hammasi zo`r-zo`r.
Bu oynai jahonda sen
Zo`r TVni ko`r-ko`r. (x2)
[Xurshid Turdiev]
Ko`rmaganlar armonda,
Ko`rganlar-ey darmonda.
Qo`llarida detektori –
Yosh bolalar gumonda.
[Alisher Fayz]
Otabekdek mardlari bor,
Eng zo`r kulgu paytlari bor,
“Adrenalin” ko`rsatuvni
“ShT” degan shartlari bor-ey.
[Alisher Fayz va Xurshid Turdiev]
Ko`rgin do`stim, Zo`r TVda
Hammasi zo`r-zo`r.
Bu oynai jahonda sen
Zo`r TVni ko`r-ko`r. (x4)
Zo`r TVni ko`r-ko`r…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: