Setanho guruhi - Ayirmagin meni

Ayirmagin meni, ayirmagin,
Yolg`iz sen o`zingdan ayirmagin.
Cheksiz qayg`uga to`ldirma meni,
Shirin so`zingdan ayirmagin meni.

Sevdim yor, ishqing o`tida
Yondirmagin meni.
Zim-ziyo, qora tunlarga
Qoldirmagin meni.

Bormanmi o`zi qalbingda?
Umidvor etmagin.
Tubsiz yor, armon ko`liga
Cho`ktirmagin meni.

Ayirmagin meni, ayirmagin,
Yolg`iz sen o`zingdan ayirmagin.
Cheksiz qayg`uga to`ldirma meni,
Shirin so`zingdan ayirmagin meni. (x2)

Kun kelar unutarsan deb,
Ovutmagin meni,
Bilgin yor, sendan qaytmasman,
Sovutmagin meni.

Sen bilan yorug` hayotim,
Yonimdan ketmagin.
Sevgingga tashna yuragim,
So`ndirmagin meni.

Ayirmagin meni, ayirmagin,
Yolg`iz sen o`zingdan ayirmagin.
Cheksiz qayg`uga to`ldirma meni,
Shirin so`zingdan ayirmagin meni. (x2+x3)

Ayirmagin meni…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shahzoda - Umidvor
Шахзода - Umidvor
Gulsanam Mamazoitova - Ey jon
Ozodbek Nazarbekov - Sevdim
Jahongir Otajonov - Mayli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты