Alisher Fayz - Yorning zulfi

Yorning zulfi ikkidir –
Biri qulf, biri zanjir. (x2)
Qulflangan zulf zanjirin
Yecholmay ko`ngil ranjir.

Qulflangan zulf zanjirin
Yecholmay ko`nglim ranjir.

Labi qo`sh gilos erur,
Ust labi ta’mi – anjir. (x2)
Lab o`rtasi uzum, voh-voh,
Ostki labi olchadir.

Lab o`rtasi uzum, voy-dod,
Ostki labi olchadir.

Yorning zulfi ikkidir –
Biri qulf, biri zanjir.
Qulflangan zulf zanjirin
Yecholmay ko`ngil ranjir.

Yor makoni ikkidir –
Goh Shosh, gohi Urganchdir,
Man sarson piyodaman,
Toleyimiz shatranjdir.

Ikki ayro qoshning
Biri yangi oychadir.
Biri Bag`dodiy qilich
Bo`lib ko`ksim sanchadir.

Yorning zulfi ikkidir –
Biri qulf, biri zanjir.
Qulflangan zulf zanjirin
Yecholmay ko`ngil ranjir.

Omon…

Yor oshig`iman xushnud,
Beholman, beganjdir.
Hajridan bemoriman
Yuzim rangi oranjdir.

Yorning zulfi ikkidir –
Biri qulf, biri zanjir.
Qulflangan zulf zanjirin
Yecholmay ko`ngil ranjir.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Anjir
Og'abek Sobirov - Dog’iman
Ulug'bek Holiqov - Yangi yil
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Alisher Fayz - Voy-voy


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты