Pari, pari, pari…
Men pari, pariro`y, pariman, parivash,
Ishqimda kimlar yonmaydi.
Men sanam, bir sanam, sanamman, gulsanam,
Poyimga kimlar yotmaydi. (x2)
Chaman-chaman gullar sochilar,
Olam-olam gaplar otilar,
Salobatim barchani bosar,
Ammo uni ko`rganda…
Men tomchi-tomchi bo`lib,
Bir tomchi, tomchi,
Atroflarga sochilaman.
Men mayda-mayda bo`lib,
Mayda, mayda,
Bir boqsa parchalanaman.
Men parcha-parcha bo`lib,
Parcha, parcha,
Hayajondan sochilaman.
Men mayda-mayda bo`lib,
Mayda, mayda,
Har tarafga yoyilaman.
Men malak, malika, malakman, malina,
Terib-terib, teginmagan.
Men dona, durdona, donaman, yagona,
Marjon-marjondek terilgan.
Chaman-chaman gullar otishar,
Olam-olam ertak aytishar,
Go`zalligim hammadan oshar,
Ammo uni ko`rganda…
Dona-dona bo`lib,
Bir dona, dona,
Atroflarga sochilaman.
Zarra-zarra bo`lib,
Bir zarra, zarra,
Bir boqsa parchalanaman.
Men parcha-parcha bo`lib,
Parcha, parcha,
Hayajondan sochilaman.
Men mayda-mayda bo`lib,
Mayda, mayda,
Har tarafga yoyilaman.
Men tomchi-tomchi bo`lib,
Bir tomchi, tomchi…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: