Alisher Zokirov - O’lgan sevgimiz (Qaylarga ko’may)

Yuraklari tosh, ko`zlari ko`rsan,
Sevgidan yiroq, yolg`iz daraxtsan.
Do`st-u yori yo`q, dili abgorsan,
O`lgan sevgimizni qaylarga ko`may? (x2)

Qaylarga ko`may, qaylarga ko`may?
O`lgan sevgimizni qaylarga ko`may? (x2)

Sevmagin meni, unutkil, deding,
Ko`z yoshlarimni yolg`onga yo`yding.
Armon gulini qo`limga berding –
O`lgan sevgimizni qaylarga ko`may?

Qaylarga ko`may, qaylarga ko`may?
O`lgan sevgimizni qaylarga ko`may? (x2)

Yo`llarim faqat seni izladi,
Sevgimiz o`ziga qabr topmadi,
Tobut atrofida ruhim tinmadi –
O`lgan sevgimizni qaylarga ko`may?

Qaylarga ko`may, qaylarga ko`may?
O`lgan sevgimizni qaylarga ko`may? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam
Mango guruhi - Dilorom
Jahongir Otajonov - Mayli
Alisher Fayz - Indamadim
Asal Shodieva, Shohruhxon - Zo’rsan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты