Ey do`st-u yorlar, toshkentlik bolalar,
Bugun choyxona bizlarni chorlar,
Ey, bugun restoran bizlarni chorlar.
G`ururi borlar, ey do`st-u yorlar,
Salom hammaga, toshkentlik bolalar,
“Bonjour” hammaga, toshkentlik bolalar.
Har bir kuni to`y,
Tegmagin, tinch qo`y,
Ko`pi “blatnoy”, toshkentlik bolalar,
Ey, ko`pi “blatnoy”, toshkentlik bolalar.
Ey do`st-u yorlar, toshkentlik bolalar,
Bugun choyxona bizlarni chorlar,
Ey, bugun restoran bizlarni chorlar.
Bozorni olar, savdoni yorar,
Dubayga borar toshkentlik bolalar,
Ey, dubayga borar toshkentlik bolalar.
Davralar to`ri, yigitlar zo`ri,
Haqiqiy bo`ri – toshkentlik bolalar,
Ey, haqiqiy bo`ri – toshkentlik bolalar.
Ey do`st-u yorlar, toshkentlik bolalar,
Bugun choyxona bizlarni chorlar,
Ey, bugun restoran bizlarni chorlar.
Kafe barlari, restoranlari,
Do`koni borlar – toshkentlik bolalar.
Kafe barlari, restoranlari,
Dachasi borlar – toshkentlik bolalar.
“Qilich” yurishlar, “chotkiy” turishlar,
Soqqasi borlar – toshkentlik bolalar,
Ey, soqqasi borlar – toshkentlik bolalar.
G`ururi borlar, ey do`st-u yorlar,
Salom hammaga, toshkentlik bolalar,
“Bonjour” hammaga, toshkentlik bolalar.
Odamgarchilik, o`lmagan, tirik,
“Normalniy mujik” – toshkentlik bolalar,
Ey, “normalniy mujik” – toshkentlik bolalar.
Ey do`st-u yorlar, toshkentlik bolalar,
Bugun choyxona bizlarni chorlar,
Ey, bugun restoran bizlarni chorlar.
Toshkentlik bolalar…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: