Bu ko`zlar, nigohlar meniki edi kecha,
Hammadan baxtli edim kecha,
Sensizlikni o`ylamas edim, yonimda eding.
Lek bugun qaydan topay Lazizamni,
Bu qaysi qilgan gunohim uchun
Taqdir tortib oldi mendan seni, sog`indim seni.
Bahor ketdi, yoz ham o`tdi sensiz,
Kuz ham o`tdi, sovuq keldi – qish sensiz.
Sensiz bu dunyo tor, dilga yog`ar ozor,
Mayda parcha bo`lib yog`ganda oppoq qor.
Yo`qotdim men seni, topolmasman endi,
Har gal yog`ganda qor qalbim og`rir meni.
Bu tunlar sindirdi meni sog`inch ila,
Sog`inch azobin bilmasdim sira,
Sirlarimga belab seni asragim keldi.
Lek sovuq olib ketdi zarracham mani,
Hammadan sog`indim sani,
Sho`r dengizga cho`kmoqdaman, qutqar mani.
Sog`indim, so`gindim seni,
Sochlaringni, qoshlaringni seni.
Sensiz bu dunyo tor, dilga yog`ar ozor,
Mayda parcha bo`lib yog`ganda oppoq qor.
Yo`qotdim men seni, topolmasman endi,
Har gal yog`ganda qor qalbim og`rir meni.
Sovuq qor har gal yog`ganida takror, ko`z oldimga
Yor keladi, yig`lab turib degani: “Bizning baxtimiz
Hech kim istamadi, istamadi uydagilar ham,
Mani fotiham bo`ldi.”
Bo`ldi jim, ortiq gapirma,
Og`zingdan so`z emas, otilmoqda o`qlar.
Teshib tashlama yuragimni bunchalar,
Unchalar kuch bilan uzib tashlama umidlarim.
Oppoq qor,
Ustiga oq ko`ylak kiyib turgan kelin mani yarim bo`lagim,
O`z bo`lagimni kuzatib qo`ymoqdadir ko`zlarim.
Otilgan so`zlaringdan qolgan yuragimdagi chandiq – shu qo`shiq va qor,
Unga qanchalar so`ginganim aytib yubor,
Bor, ko`zlarini qo`msab yashayabman bo`lib xor-u zor.
Ko`chalarda ko`rib qolish etarmikin nasib, ehtimol?
Faqat qachon? Qiynayveradi shu savol.
Sensiz bu dunyo tor, dilga yog`ar ozor,
Mayda parcha bo`lib yog`ganda oppoq qor.
Yo`qotdim men seni, topolmasman endi,
Har gal yog`ganda qor qalbim og`rir meni. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: