Alisher Fayz, Ziyoda - Dutor chalib

[Alisher Fayz]
Dutor chalib o`ltirsam,
Yorim keldi yonimga. (x2)
Shirin so`zini qilib-ey,
O`t soldi-ya jonimga. (x2)
Oo-oy, ado qilding-ey.

[Ziyoda]
Kuylar chalib beringiz,
Bir dam orom olsin deb. (x2)
Oshiqlar visolini
Ko`rib dillar qonsin deb. (x2)
He-ey, ho-o, ado qildingiz.

[Alisher Fayz]
Qaro-qaro qoshligim,
Uzun-uzun sochligim. (x2)
Qora qoshingni deb yurib,
O`tib ketmasin yoshligim. (x2)
Oo-oy, ado qilding-ey.

[Ziyoda]
Yor dutor chalar bo`lsa,
Kuyiga xirom aylay. (x2)
Jonimni xarid qilib,
Jon ila dildor bo`lay. (x2)
He-ey, ho-oy, adoyingizman-ey.

[Alisher Fayz]
Qoshingning qarolig`i,
Ko`zingning zebolig`i. (x2)
Jonga jafo qiladi
Shu qizning balolig`i. (x2)
Oo-oy, ado qilding-ey.

[Ziyoda]
He-ey, ho-o, ado qildingiz.
[Alisher Fayz]
Ho-oy…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sarbon guruhi - Jimir-jimir
Sherali Jo'rayev - Dilbar qo’lida sozi
Shahzod Murodov - Onam xirom etganda
Bahrom Nazarov - Yuraksiz
Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты