Ulug'bek Rahmatullaev - Ko’zga uyqu

Ko`zga uyqu kelmas kechalarda qoldimku
Yoki senga begona shirin tuyg`u.
Yoki senga noma’lum achchiq qayg`u,
Qayda uyqu?

Ko`zga uyqu kelmas kechalarda qoldimku
Yoki senga begona shirin tuyg`u, hey.
Yoki senga noma’lummi qayg`u,
Qayda uyqu?

Baxtim mening qolar qorda,
Qalbim mening yonar zorda.
Uyqu kelsin qanday ko`zga,
Yuragingda nahot o`zga?

Faqat bilki, hayot emas o`yin,
Faqat bilki, ko`ngil ishi qiyin.
Yolg`on bilan kun ko`rmoqlik mumkin,
Yashab bo`lmas ammo-lekin.

Ko`zga uyqu kelmas kechalarda qoldimku
Yoki senga begona shirin tuyg`u, hey.
Yoki senga noma’lummi qayg`u,
Qayda uyqu? (x2)

Mayli bordir baxting go`yo,
Yoki topding mol-u dunyo.
Baxt bilganing axir ro`yo,
Toparmiding sen undan ma’no?

Faqat bilki, hayot emas o`yin,
Faqat bilki, ko`ngil ishi qiyin.
Yolg`on bilan kun ko`rmoqlik mumkin,
Yashab bo`lmas ammo-lekin.

Ko`zga uyqu kelmas kechalarda qoldimku
Yoki senga begona shirin tuyg`u, hey.
Yoki senga noma’lummi qayg`u,
Qayda uyqu? (x2)

Ko`zga uyqu kelmas kechalarda qoldimku
Yoki senga begonami tuyg`u, hey.
Yoki senga noma’lummi qayg`u,
Qayda uyqu?

Ko`zga uyqu kelmas kechalarda qoldimku
Yoki senga begona shirin tuyg`u, hey.
Yoki senga noma’lummi qayg`u,
Qayda uyqu?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Jahongir Otajonov - Mayli
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam
G'ulomjon Yoqubov - Jonimda darmon qolmadi
Surxon guruhi - Lov-lov yonar
Nuriddin Hamroqulov - Yurt ishqi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты