Alijon Isoqov - O’ynatar

Tashna dilni qondirar
Xorazmning lazgisi,
Sahnalarni to`ldirar
Xorazmning lazgisi. (x2)

Kelar odam havasi,
Bunda lof yo`q chamasi. (x2)
Ustoz Komil nafasi –
Xorazmning lazgisi. (x2)

O`ynamaganni o`ynatar
Lazgisi, lazgisi.
Kuylamaganni kuylatar
Xorazmning lazgisi. (x2)

Unga bo`lib parvona,
O`ynar barcha mastona. (x2)
San’atimda bir dona
Xorazmning lazgisi. (x2

Qarang qoshi qalamga,
Dovrug` solar olamga. (x2)
Quvvat berar tanamga
Xorazmning lazgisi. (x2)

O`ynamaganni o`ynatar
Lazgisi, lazgisi.
Kuylamaganni kuylatar
Xorazmning lazgisi. (x2)

Lazgisiz to`y o`tmaydi,
Ko`ngil sira to`lmaydi. (x2)
Yil o`tsa ham o`lmaydi
Xorazmning lazgisi. (x2)

Hofizlarni kuylatar,
Bulbul kabi sayratar. (x2)
Yosh-qarini o`ynatar
Xorazmning lazgisi. (x2)

O`ynamaganni o`ynatar
Lazgisi, lazgisi.
Kuylamaganni kuylatar
Xorazmning lazgisi. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Dona-dona
Zamir - San-san
Nilufar Usmonova - Dona-dona
Azim Mullaxonov - Janona o’ynaysiz
Alijon Isoqov, Vohidjon Isoqov - Yigit yoshimda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты