Ulug'bek Rahmatullaev - Qizalog’im

Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Senga boqsam, quvnar ko`zlarim.
Qalbi nurli beg`uborginam,
Meni o`ylar mehribonginam.

Sevinchlarga to`lar yuragim,
Dadajonim desang, oy qizim.
Bo`ylaringdan o`zim aylanay,
Dunyo g`amlarini unutay.

Esingdami o`sha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
O`tib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular.

Erkatoyim, shirin, jon qizim,
Har qadamda seni o`yladim.
Termulib qolarding yo`limga,
Yomg`ir tomchilardi ko`nglimga.

Bag`rimdagi bahoriy gulim,
Tongda seni uyg`otib o`zim,
Derdim: qara, mayin qor yog`ar,
Tun o`tar, ertak davom etar.

Esingdami o`sha damlar, qizim?
Tunlari senga ertak aytardim.
O`tib ketar ekan tez bu yillar,
Ushalar ertakdagi orzular. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Xamraev - Esingdami
Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Shahnozabonu - Qizalog’im
Jasurbek Mavlonov - Mayin-mayin
Bojalar guruhi - Qizalog’im


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты