Shohruz - Yuraklarda

[Shohruz (Abadiya)]
Sen mening hayotimning nurli mazmuni,
Hisli bu kechalarim yulduzi,
Orzularimning malikasi o`zingsan, Mahsuma.

[Mahsuma]
Siz sog`inchli tunlarimning hijroni,
Kulgan bu ko`zlarimning quvonchi,
Orzularimning shahzodasi o`zingiz, jonginam.

[Shohruz (Abadiya) va Mahsuma]
Bunchalar yoqimli, ajib hislar yuraklarda,
Buncha sehrli, ajib hislar ko`zlarimizda.
Bunchalar yoqimli, ajib hislar yuraklarda,
Buncha sehrli, ajib hislar ko`zlarimizda.

[Shohruz (Abadiya)]
Yur, baxt bog`ida sayr etamiz,
Bergin qo`llaringni, ketamiz,
O`tgan qora kunlarni unutamiz.

[Mahsuma]
Bilsangiz, mana sinovli kunlar o`tdi,
Yo`llarimiz baxtlarga yetdi,
Boyligimiz baxtimizdadir, jonginam.

[Shohruz (Abadiya) va Mahsuma]
Bunchalar yoqimli, ajib hislar yuraklarda,
Buncha sehrli, ajib hislar ko`zlarimizda.
Bunchalar yoqimli, ajib hislar yuraklarda,
Buncha sehrli, ajib hislar ko`zlarimizda.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Husan - Kel ketamiz
Mirjamol, Ziyoda - O’rgilay o’zim
Aziz Rajabiy - Yuragimning yagonasi
Jahongir Otajonov - Uchrashmadik
Lola - Muhabbatim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты