Ummon - O’ylamaydi

Qo`lim titrar, yozolmasman bir so`z ham,
Qilgan qilig`ingdan, to`g`risi, so`zsizman.
Sen qilgan xiyonatni agar men qilsam,
O`ylarmisan men haqimda mendayin?

Yaxshiliging yor ko`zida tinarkan,
Yillar o`tib, oxir qadring tugarkan.
Mehr berib, to`yolmadim mehriga,
O`ylaganim mendayin o`ylarmikan?

O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.

O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.

Bog`lar aro izlab davo yurarmikan,
Shudringlarga qarab meni eslarmikan?
Birga yurgan yerlarimizga borib,
Ko`z yosh to`kib, ming afsuslar chekarmikin?

Har kun tongda shu yerlarga man kelaman,
Jisming izlab-izlab, so`ngra ketaman.
Endi birga bo`la olmasak kerak,
Sen meni o`ylamaysan, bilaman…

O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.

O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.

Biz birga ko`rishib, o`tirgan joylar
Man uchun eng qadrlidir bugun ular.
Har gal sani sog`inganimda shu yerlarga kelib,
Izlayman panoh, izlayman jisming,
Izlayman mani axtarib yurgan ko`zlaring.
Ishon, san mani tiriklayin o`ldirding.
Sovuq qotib bo`lsa ham kutaman,
Telbaman, o`zim ham bilaman.

Qani kiyinib olgan sanga o`xshagan jism bo`lsa,
Balki bu sen deb o`ylab qolaman.
Uyalmay boraman – uyalib qolaman,
Qachongacha ayt, adashib qolaman?

Sovuqda qolib ketaverib bo`ldim kasal,
Yo`qlamading na tun, na sahar.
Oxir chiday olmay dedilar onam:
U sani ancha bo`lgan o`ylamay qo`ygan, jon bolam!

O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam bag`rimga bir dona gul qo`ymaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.

O`ylamaydi, o`ylamaydi,
So`nsam qadrimga bir tomchi yosh to`kmaydi.
Parvosi yo`q, demak davosi yo`q
Ichimga to`lib ketgan dardlarni.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Dona-dona
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Leyla - Yor-yor
Nilufar Usmonova - Dona-dona
Mirjamol - Afsus


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты