Ozoda Nursaidova - Xolos (2017)

Yurak yi`glar,
Yurak so`rar, kel, iltimos.
Oxirgisi, oxirgi bor
Bag`ringga bos. (x2)

Keyin senga qarasam ham,
Gunoh bo`lar.
Yor degani qolgan haqqim
Bir kun xolos. (x2)

Bir kungina, bir kun xolos,
Men uchun jonim, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor,
Kelgin jonim, bag`ringga bos. (x2)

Men seni deb nimalardan kechmadim-a,
Ishqning qancha og`usini ichmadim-a. (x2)
Unutishga rozimasman, yor majburman,
Qayda xato bo`ldi, senga yetmadim-a?

Bir kungina, bir kun xolos,
Men uchun jonim, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor,
Kelgin jonim, bag`ringga bos. (x2)

Kel, soyangga yiqilsin bu xasta jonim,
Seni qaysi qaro kunda sevib qoldim? (x2)
Tuproq bo`lgan ishqni bosib, ezib-ezib,
Endi kimni yor deysan, ayt yorim? (x2)

Bir kungina, bir kun xolos,
Men uchun jonim, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor,
Kelgin jonim, bag`ringga bos. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Sevib qoldim
Shuhrat Qayumov - Sevib qoldim
Bahrom Nazarov - Xato qildim
Sardor Mamadaliyev - Vatan
Doniyor Fayz - Sevib qoldim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты