Uzoq vaqt o`ylab, xayol suraman,
Qaydasan hozir?
Yana kim go`zal so`zingga maftun,
Yana kim bezir?
Senga bo`lgan ishonchlar
Qalbimda bo`ldi chil-chil.
Hamma aytilgan mayda gaplardan
Hayotim chigil.
Borman, meni yomonlab,
Baxtga erisholmaysan.
Qancha ig`vo qilsang ham,
Men borman!
Unutma, borman, meni yomonlab,
Baxtga erisholmaysan.
Qancha o`lim tilama,
Men borman! Borman…
Sabr etaverib, yuragimga
Qancha tosh to`ldi.
Bir kun yuzaga chiqqanda
Sening ko`zing ko`rsam bo`ldi.
Senga bo`lgan ishonchlar
Qalbimda bo`ldi chil-chil.
Hamma aytilgan mayda gaplardan
Hayotim chigil.
Borman, meni yomonlab,
Baxtga erisholmaysan.
Qancha ig`vo qilsang ham,
Men borman!
Unutma, borman, meni yomonlab,
Baxtga erisholmaysan.
Qancha o`lim tilama,
Men borman! Borman… (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: