Ummon - Osmondagi oy

Bo`yan-bo`yan, bo`ya-bo`yanib olib,
Baland poshnalarni kiyib olib,
Bunchalar o`zini baland tutadi?
Sochlarini turmaklab olib.

Odamlar bir oyda bir marta
Bayramga tayyorgarlik ko`rganday,
Sahar-sahar, er-ertalabdan bo`yanishlaring
Gullarnikidan o`zarda.

Tagidagi temirining narxi
Balandda-baland, balandda-baland.
Ko`zlarining go`zalligi siri –
Qalamda-qalam, qalamda-qalam.

Osmondagi oy
Misoli tutadi o`zini oyimcha,
Osmondan tush, hoy,
Balandga chiqib olgansan buncha? (x2)

Bo`yan-bo`yan, bo`ya-bo`yanib olib,
Lablarini ishirib olib,
Salom berishni ham bilmaydi,
Sochlarini ulab-ulab olib.

Ulab olib, u ulab olib,
Bog`lab qo`yadi o`ziga tortib olib.
Bunchalar hamma orqasidan ergashmasa?
Go`zalligini uning tan olib?

Oyog`ining tagidagi poshna
Balandda-baland, balandda-baland.
Kalta ko`ylak kiyib olgan,
Ko`rinadi gulbadanda badan, badanda badan.

Osmondagi oy
Misoli tutadi o`zini oyimcha,
Osmondan tush, hoy,
Balandga chiqib olgansan buncha? (x2)

Oyog`ining tagidagi poshna
Balandda-baland, balandda-baland.
Kalta ko`ylak kiyib olgan,
Ko`rinadi gulbadanda badan, badanda badan.

Odamlar bir oyda bir marta
Bayramga tayyorgarlik ko`rganday,
Sahar-sahar, er-ertalabdan bo`yanishlaring
Gullarnikidan o`zarda.

Bo`yan-bo`yan, bo`ya-bo`yanib olib,
Baland poshnalarni kiyib olib,
Bunchalar o`zini baland tutadi,
Sochlarini turmaklab olib?

Tagidagi temirining narxi
Balandda-baland, balandda-baland.
Ko`zlarining go`zalligi siri –
Qalamda-qalam, qalamda-qalam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shoxrux - Salom
Oxunjon Madaliyev - Uzun ko’ylak (Turkman qiz 2)
Dilso'z - Bir marta sevaman
Sarvar va Komil - Salom
Ummon - Barkamol avlod


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты