Shohruhxon - Malikam

Sening ishqingda ey, malak,
Devonaman, devonaman.
Vaslingga yetolmay halak,
Giryonaman, giryonaman.

Nozlaringning adoyiman,
Jamolingning shaydoyiman,
El ichra bir savdoyiman,
Afsonaman.

Ou, ou, ou, malikam, malikam,
Senga umrim bersam kam. (x2)

Dilimni bog`lab dilingga,
Aylandim oshiq qulingga.
Ohlarim to`kib yo`lingga,
Vayronaman, vayronaman.

Azoblaring tuyib-tuyib,
Hijroningda kuyib-kuyib,
Ne ko`rdim, ayt seni suyib?
Hayronaman.

Ou, ou, ou, malikam, malikam,
Senga umrim bersam kam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Mango guruhi - Malak
Anvar Sobirov - Muhabbatim
Azizshox - Ayt ayt
Hosila Rahimova - Chaman ichra
Shahzoda, Shohruhxon - Allo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты