Vohid Abdulhakim - Labingdan

G`unchamisol labingdan,
Shakar-u bol labingdan,
Qirmizi ol labingdan,
Uchdi xayol labingdan.

Ko`zing suzib o`tib maning yonimdan,
Majnun qilding, kechdim ana jonimdan.
Ketmay mani xayolimdan, ongimdan,
Parishonman, uchdi xayol labingdan.

Ketmay mani xayolimdan, ongimdan,
Parishonman, uchdi xayol labingdan-ey.

Labingdan, g`unchamisol labingdan,
Labingdan, shakar-u bol labingdan,
Labingdan, qirmizi ol labingdan,
Labingdan, uchdi xayol labingdan.

O`g`irladi aql-u hushim visoling,
Oyni uyaltirar go`zal jamoling.
Bilmam kimda ekan sani xayoling?
O`rtadi dil, qirmizi ol labingdan.

Bilmam kimda ekan sani xayoling?
O`rtadi dil, qirmizi ol labingdan-ey.

Labingdan, g`unchamisol labingdan,
Labingdan, shakar-u bol labingdan,
Labingdan, qirmizi ol labingdan,
Labingdan, uchdi xayol labingdan.

Boqsa manga, ki mastona ko`zlaring,
Hayron qilar sutdek tiniq yuzlaring. (x2)
Yurakka tig` terar shirin so`zlaring,
Bemor bo`ldim shakar-u bol labingdan. {x2}

Labingdan… labingdan… labingdan…

Labingdan, g`unchamisol labingdan,
Labingdan, shakar-u bol labingdan,
Labingdan, qirmizi ol labingdan,
Labingdan, uchdi xayol labingdan. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sevara - Ana-ana
Botir Qodirov - Halima
Azim Mullaxonov - Janona o’ynaysiz
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing
Sobirjon Mo'minov - Bika mani yonima


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты