Shahzoda - Ta’zim qiling ona Vatanga

Momo Quyosh ko`kda baxt tilab,
Jim suzadi asrlab, yillab,
Bug`doylari yuzingiz silab,
Ta’zim qiling ona Vatanga. {x2}

Bir parcha yer – Vatan o`zi shu,
Qo`ringizning balqqan yuzi shu,
Bobolarning qutlug` so`zi shu,
Ta’zim qiling ona Vatanga.

Rom etsa ham dunyo go`zali,
Yorim bor, deng undan afzali,
Tuprog`ida yotasiz hali,
Ta’zim qiling ona Vatanga. {x2}

Bir parcha yer – Vatan o`zi shu,
Qo`ringizning balqqan yuzi shu,
Bobolarning qutlug` so`zi shu,
Ta’zim qiling ona Vatanga.

Xokida ham yuring sekinroq,
Sog`inasiz ketsangiz yiroq,
Yot ellarni e’zozlang, biroq
Ta’zim qiling ona Vatanga. {x2}

Bir parcha yer – Vatan o`zi shu,
Qo`ringizning balqqan yuzi shu,
Bobolarning qutlug` so`zi shu,
Ta’zim qiling ona Vatanga. (x2)

Ta’zim qiling ona Vatanga…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Dilso'z - Sog’inasiz begim
Alisher Fayz - Ozarbayjon go’zali
Bilol Isxakov - Surxon qizi
Aziz Rajabiy - Jim-jim
Hosila Rahimova - Azizim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты