Botir Qodirov - Rashkim yomon

Orastamsan chiroyli yor,
Iforlari shirin dildor.
Nasib etar bo`lsa diydor,
Hech kimsaga bermam, inon,
Rashkim yomon, rashkim yomon.

Beg`uborim, beozorim,
Yagonamsan dilda borim.
Go`zal yorim, asal yorim,
Ishqing meni qo`ymas omon,
Rashkim yomon, rashkim yomon.

Shaydo qilding meni, jonim,
Ado qilding meni, jonim. (x2)
Qani bo`lsang mehribonim,
Yuragimni o`rtar gumon,
Rashkim yomon, rashkim yomon.

Beg`uborim, beozorim,
Yagonamsan dilda borim.
Go`zal yorim, asal yorim,
Ishqing meni qo`ymas omon,
Rashkim yomon, rashkim yomon.

Sog`inaman yuzlaringni,
Xumor-xumor ko`zlaringni, (x2)
Qo`msab shirin so`zlaringni,
Talpinaman vasling tomon.

Beg`uborim, beozorim,
Yagonamsan dilda borim.
Go`zal yorim, asal yorim,
Ishqing meni qo`ymas omon,
Rashkim yomon, rashkim yomon. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shahlo Rustamova - Sog’inaman
Budur - Sog’inaman
Ortiq Otajonov - Xoh inon
Yalla ansambli - Omon yor
Murodjon Ahmedov - O’rtar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты