Kumush Razzoqova - Popurri

Erta bilan turaman,
Nahori nashta-yo, nahori nashta, (x2)
O`ng qo`limda igna-yu,
Tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta.

Borib ayting o`sha
Qalami qoshga-yo, qalami qoshga,
Ho, boraveradi, kelaveradi,
Va’dasi boshqa-yo, va’dasi boshqa. (x2)

Ey nozli yorim, ko`zi xumorim,
Mehr bilan menga qarang,
Vafoli yorim-ey, vafoli yorim.

O`yinga tushgan akamning
Nozi chiroyli-ga, nozi chiroyli, (x2)
O`ng yuziga yarashgan
Xoli chiroyli-ga, xoli chiroyli.

O`ng yuziga yarashgan
Xoli bo`lsachi-yo, xoli bo`lsachi,
Ho, savlatiga yarashgan
Yori bo`lsachi-yo, yori bo`lsachi? (x2)

Ey nozli yorim, ko`zi xumorim,
Mehr bilan menga qarang,
Vafoli yorim-ay, vafoli yorim.

Soy bo`yida-yo yurgan yigit,
Qoshu ko`zini suzgan yigit, (x2)
Bilaguzugim olgan yigit-o,
Endi bergin-o bilaguzugim. (x2)

Oq otingga-yo yol bo`layin,
Oq yuzingga-yo xol bo`layin, (x2)
Yoring yo`qdir, yor bo`layin-o,
Endi bergin-o bilaguzugim. (x2)

Qoshing qaro, qaro ko`z,
Biz tomona qiyo boq, (x2)
Ko`zing suzib noz bilan, {x2}
Biz tomona qiyo boq. {x2}

Mani ko`rib, voy dema,
Qoshim ko`rib yoy dema, (x2)
Oshiq bo`lsang, o`zingni
G`arib dema, boy dema. (x2)

Qoshing qaro, qaro ko`z,
Biz tomona qiyo boq, (x2)
Ko`zing suzib noz bilan, {x2}
Biz tomona qiyo boq. {x2}

Ellaringiz tog`mikan,
Tog`laringiz bog`mikan, (x2)
Bog`lardan uchgan qushlar
Har qachon sog`mikan?

Qoshing qaro, qaro ko`z,
Biz tomona qiyo boq, (x2)
Ko`zing suzib noz bilan, {x2}
Biz tomona qiyo boq. {x2}

Ko`zing suzib noz bilan, {x2}
Biz tomona qiyo boq. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Oybek va Nigora - Nahori nashta
Kumush Razzoqova - O’zbek xalq termalaridan
Shohruhxon - Qoshi qaro
Jasur Umirov - Kumush
Dj Piligrim - Ko’k choy


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты