Hayot suvday oqib ketar,
Ko`z yumguncha umr o`tar,
Lekin yodimda qoldi do`stim.
Yoshligim, sho`xligim sensan,
Qalbim boyligi o`zingsan,
Hayotimning yelkani do`stim. (x2)
Yodingdami ilk muhabbat,
Aldanishlar, yolg`izliklar?
Dardimga malham o`zing, do`stim.
Tashna bo`lgan yuragimga
Bulog`imsan, sirdoshimsan,
Shodligimsan, qadrdon do`stim. (x2)
Do`stim, qadrdon do`stim,
Do`stim, do`stim.
Do`stim, qadrdon do`stim,
Do`stim, do`stim.
Onamni sen onam deding,
Ayolimni singlim deding,
Bolamni bolam deding, do`stim.
Berasan-u olmaysan hech,
Yonimdasan bo`lsa ham kech,
Baxtimga doim sherik do`stim. (x2)
Cho`ntagimga qo`lin solmas,
Gado bo`lsam, qochib qolmas,
Qoqilgani qo`ymas hech do`stim.
Egri yo`ldan asragansan,
Doim to`g`ri so`zlagansan,
Men-la jon fido aylar do`stim. (x2)
Do`stim, qadrdon do`stim,
Do`stim, do`stim.
Бошка кушик матнлари: