Mahmud Namozov - Onajonim

Derazamdan mo`ralaydi oy,
Oq xarirli, mislsiz chiroy, (x2)
Yulduz uchar topolmasdan joy –
Onajonim ko`rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.

Tun qo`ynida chayqalar gullar,
Xushbo`y yeli kimnidir izlar, (x2)
Izing topmay bag`rini tuzlar –
Onajonim ko`rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.

Sog`inchlardan sarg`aydi dunyo,
Orzularim bo`ldi-ku ro`yo, (x2)
Tomirimda oqar bir nido –
Onajonim ko`rgim keladi.

Ketding jim-jim, xayr demasdan,
Pinhon diling bir bor ochmasdan, (x2)
Yiroqlashding aslo shoshmasdan,
Onajonim ko`rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.

Dil o`rtanar, aylanar boshim,
O`zing eding yaqin sirdoshim,
Sog`inganda tinmaydi yoshim,
Onajonim ko`rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.



Бошка кушик матнлари:


Oqshom guruhi - Xayr
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Yulduz Usmonova - Aylanar
Oybek Hamroqulov - Kapalak
Maysara - Yallola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты