Abror Azizov - Umidvormiz

Bizlar kimmiz, hamma bilar,
Inson insonligin qilar.
Boshga ne savdolar kelar,
Rahmatingdan umidvormiz. (x2)

Ne qilsak, bor ikki guvoh,
Bizlar basir, bizlar gumroh.

Yelkamizda gunoh-gunoh,
Shafqatingdan umidvormiz. (x2)

Umidvormiz, umidvormiz,
Rahmatingdan umidvormiz.
Umidvormiz, umidvormiz,
Shafqatingdan umidvormiz. (x2)

Sen g`aniysan, bizlar ojiz,
Sen bittasan, tanho, yolg`iz.
Sen sahiysan, misli dengiz,
Himmatingdan umidvormiz. (x2)

Jigarlarda araz-gina,
Yuz ko`rishmas qancha sana.

Rishtalarni uzib yana,
Ne’matingdan umidvormiz. (x2)

Umidvormiz, umidvormiz,
Rahmatingdan umidvormiz.
Umidvormiz, umidvormiz,
Shafqatingdan umidvormiz. (x2)

Osiy bandalaring kechir,
Bizdan gunohlarni o`chir,
Havzi Kavsardan suv ichir,
Jannatingdan umidvormiz. (x2)

Sen g`aniysan, bizlar ojiz,
Sen bittasan, tanho, yolg`iz.

Sen sahiysan, misli dengiz,
Himmatingdan umidvormiz. (x2)

Umidvormiz, umidvormiz,
Rahmatingdan umidvormiz.
Umidvormiz, umidvormiz,
Shafqatingdan umidvormiz. (x2)

Jannatingdan umidvormiz,
Rahmatingdan umidvormiz.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Anjir
Ozodbek Nazarbekov - Ne savdolar
Jasur Umirov - Kechir
Shohruhxon - Kechir
Vohid Abdulhakim - Ming yil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты