Soyib Niyozov - Otasini yig’latganni

Nomus bilan ori bo`lmas
Otasini yig`latganni, (x2)
Dasturxonda noni bo`lmas
Otasini yig`latganni. (x2)

Otaga doim so`zla rost,
Nasihatin quloqqa os. (x2)
Ozorlama, ishi yurmas
Otasini yig`latganni. (x2)

So`zlarinda ma’ni bo`lmas,
Non-oshining ta’mi bo`lmas, (x2)
Davralarda o`rni bo`lmas
Otasini yig`latganni.

Marakada o`rni bo`lmas
Otasini yig`latganni.

Ota qarg`ishi bir olmos,
Tegsa magar yiqmay qo`ymas, (x2)
Olloh ham panohga olmas
Otasini yig`latganni.

Xudo ham nazarga ilmas
Otasini yig`latganni.

Ko`zlarinda nuri bo`lmas,
Yuraginda qo`ri bo`lmas,
Shayton ham odam deb bilmas
Otasini yig`latganni!

Shayton ham odam deb bilmas
Otasini yig`latganni!

Yo o`lib yo kulib bo`lmas,
Qad ko`tarib yurib bo`lmas, (x2)
Qurbon der: Izzati bo`lmas
Otasini yig`latganni. (x2)

Nomus bilan ori bo`lmas
Otasini yig`latganni,
Dasturxonda noni bo`lmas
Otasini yig`latganni.

Dasturxonda noni bo`lmas
Otasini yig`latganni. {x3}



Бошка кушик матнлари:


Jasurbek Jabborov - Kim nima der
Kaniza - Iltijo
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota
O'lmas Olloberganov - Qurbon o’lam
Dj Piligrim - To’y ota


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты