O'ktam Ahmedov - Onajonim hayot bo’lsa

Armonlarda qolmas edim,
Koshki bag`rim qaytib to`lsa.
Xizmatida tolmas edim,
Onajonim hayot bo`lsa. (x2)

Dardlarimni bilar edi,
G`amimni daf qilar edi,
Umidlarim kular edi,
Onajonim hayot bo`lsa. {x2}

Toj bo`lardi orzuyimga,
Har ma’raka, har to`yimga.
Sig`ar edim o`z uyimga,
Onajonim hayot bo`lsa. {x2}

Mushtiparim, mehribonim,
Balolardan asrab jonim,
Bo`lar edi girgittonim,
Onajonim hayot bo`lsa. {x2}

Ohlarimga yetib Xudo,
Bobur ko`ngli koshki to`lsa,
Etar edim jonim fido, {x2}
Onajonim hayot bo`lsa.

Armonlarda qolmas edim,
Koshki bag`rim qaytib to`lsa.
Xizmatida tolmas edim,
Onajonim hayot bo`lsa.

Ohlarimga yetib Xudo,
Bobur ko`ngli koshki to`lsa,
Etar edim jonim fido,
Onajonim hayot bo`lsa. {x2}

O-oh, oo-oh, oo-oh,
Onajonim hayot bo`lsa. {x2}

Onajonim hayot bo`lsa…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Jahongir Otajonov - Tanishimsiz
Dilfuza Rahimova - Elimga
Sardor Mamadaliyev - 52 vatandosh xotirasiga
O'ktam Kamolov - Onajonimsiz
Kaniza - Iltijo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты