Sardor Mamadaliyev - Aytdim

Maysaga “ezmayman”, deb aytdim,
Daraxtga “kesmayman”, deb aytdim.
Tuprog`imga “sen deb o`lsam,
Og`riqni sezmayman”, deb aytdim.

Qushlarga “otmayman”, deb aytdim,
Yeringga “sotmayman”, deb aytdim.
“Haqni desam, o`tda kuymayman,
Suvlarga botmayman”, deb aytdim, aytdim.

Tog` ustiga chiqdim maston,
Ko`z o`ngimda O`zbekiston.
Yig`layverdim, yig`layverdim,
Dedim: “Iloho, bo`lgin omon”.

Qo`shig`imning tarzi sen dedim,
Yuragimning mag`zi sen dedim.
Otamdan meros qolgansan,
Bolamga qarzim sen dedim.

Bolamga qarzim sen dedim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Afruz guruhi, Rayhon, Saida, Shahzoda, Shaxriyor - O’zbekiston futbol madhiyasi
Husniddin Xoliqov - O’zbekiston
Hilola Hamidova - Boylandim
Janob Rasul - O’zbekiston (2018)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты