Hadicha Qurbonova - Kungaboqar

Ko`zdan qochdi yog`dularim,
Yuzdan qochdi kulgularim.
Qum singari sochildimi
Orzularim, orzularim? (x2)

Baxtim yoshday oqib ketdi,
Ko`ksimga o`t yoqib ketdi.
Men ko`ziga to`ymay turib,
Yor o`zgaga boqib ketdi.

Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar.

Kungaboqar, kungaboqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar-ey.

Boshim uzra bir soya yo`q,
Armonlardan himoya yo`q.
Sendek sariq endi rangim,
Menga dardkash dunyoda yo`q.

Bog`lar intiq bahoriga,
Suvlar intiq anhoriga,
Sen nurga zor kungaboqar,
Men zorman yor diydoriga.

Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?

Kungaboqar, kungaboqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar. (x2+x1)

Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog`inganda ko`rolmay,
Ko`zlarimdan yoshim oqar-ey.

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov, Bojalar guruhi - Hadicha
Bojalar guruhi - Paxtakor
Ulug'bek Rahmatullaev - Onajoning diydoriga to’y
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Ilhom Ibrohimov - Yo Rabbim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты