[Manzura]
Mayin shamol esadi, har tomonga uchiradi
Qor parchalarni.
Shirin hayajon bilan birgalikda yasatamiz
Archalarni.
Mehmon bo`lib kelar qorbobo,
Go`zal qorqiz ila shoshilib.
Tilaklarimizni qilar bajo,
Qopidan sovg`alarni olib.
[DJ Anonim]
Hey you, qorbobo, sovg`alarni beraqol,
Sani bir yil kutdik, qani xursand qilaqol.
Kimdir paypog`ini osib qo`yar mo`ri to`riga,
Yana kimdir uyg`onib, qaraydi yostiq ostiga.
Bizga farqi yo`q, sovg`a bo`lsa bas,
Lekin yomon bo`lmasdi “Prado”mi yoki “Damas”.
Muhimi yangi yilda yangi orzu va tilak,
Qani Manzura, yangi yil muborak!
[Manzura]
Mo`jizali tun – yangi yil,
Yangi orzu-niyatlarni keltir.
Sehrli kecha – yangi yil,
Dillarimizni quvonchga to`ldir.
[Manzura]
Sevgiga to`la qalblar bir-biriga talpinadi
Yana va yana.
Qaynoq muhabdat ila yanada fayzli o`tadi
Bu shodiyona.
Hayajonlar to`lib toshar,
Hamma yaqinlarini tabriklar.
Shirin orzular sari boshlar
Bu betakror daqiqalar.
[DJ Anonim]
Oppoq qorlar, ko`cha to`la bolalar,
Pax-pux hamma yoq, xursandchilik kam yo`q.
Dillarda mangu qolsin yangi yilning navosi,
Yashasin o`zbegim qorbobosi.
Bu tunda uyqu uchun yonadi qizil chiroq,
Qorbobo ham keladi, dillardan qayg`u yiroq.
Quyosh ham kerakmas, chunki yorug` ko`ngil,
Chunki bugun Yangi yil!
[Manzura va DJ Anonim]
Yangi yil, yangi yil, yangi yil bilan,
Tabriklaymiz sizni, sizni chin dildan.
[Manzura]
Mo`jizali tun – yangi yil,
Yangi orzu-niyatlarni keltir.
Sehrli kecha – yangi yil,
Dillarimizni quvonchga to`ldir. (x2)
Mo`jizali tun…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: