Nilufar Usmonova - Yonimda

Dunyoga keltirib olam tanitgan,
Shukur, ota-onam hayot, yonimda.
Yaratgandan so`rganim ko`z qaroqlarim –
Farzandim, dilbandim, borim yonimda.

Do`st-u, dugonalar, birodar, oshna,
Ulfat-u, hattoki dushman yonimda, yonimda.
Sevib, kuyganim-u, meni suyganim,
Xatoyim, yolg`onim, pushmon yonimda.

Yonimda, yonimda, yonimda,
Erkalab, tunlari ko`zimga boqib,
Kunduzlar ovora sarson yonimda.
Yonimda, yonimda,
Lek ne qilay, qayga boshimni uray –
Ruhimda yolg`izlik hamon yonimda?

Armonim orzuyimga tuzoq tashlaydi,
Qalbga gumon solib, yurak g`ashlaydi.
Alamim it kabi dilim tishlaydi,
Sababki – yolg`izlik ruhan yonimda.

Tinchlik bermas azob, ozor yonimda, yonimda,
Aldovga qurilgan bozor yonimda, yonimda.
Yetar bas, dardlarim ko`maman, mozor yonimda,
Umidim bog`i-yu, gulzor yonimda.

Yonimda, yonimda, yonimda,
Erkalab, tunlari ko`zimga boqib,
Kunduzlar ovora sarson yonimda.
Yonimda, yonimda,
Lek ne qilay, qayga boshimni uray –
Ruhimda yolg`izlik hamon yonimda?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Shukur
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Bojalar guruhi, Nilufar Usmonova - Tegaman
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты