Otash Hijron - Sakrama

(San sakrama, san sakrama… {x2})

Tagingda “тачка”, qo`lingda valyuta,
Aytganing aytgan, deganing degan.
Do`stlaring yoningda, sevganing qo`yningda,
Aytganing aytgan, deganing degan.

“Авторитет” beton, hurmating baland,
Aytganing aytgan, deganing degan.
Vaqtinchalik boysan, zo`rsan, quturgansan,
Sanga gap yo`q, “типичный мачо”san.

Kecha ko`cha supurganding,
Bugun odam bo`lib qolibsan.
“Captiva”da yuribsan hammadan qolgan qiz bilan.
Yurishlaring boshqacha, turishlaring boshqacha,
Aytganing aytgan, deganing degan.

Adang topgan pullarga sakramagin, bo`tam,
Gapim yoqmadimi a? Nega “не то” qarayabsan?
“Рожа”ng “недовольный”, tinchlilmi “че там”?
Ikkita qizni “o`rab” qo`yib, karillama, bo`tam!

Sandaka “петух”larni “слишком” ko`p ko`rganman,
Sakrab, sakrab, sakrab, keyin yiqilib tushadi.
Bu hayotda kerilma, o`zingni bos, sangamas,
Erkakka erkak bo`l, mensimaslik yaxshimas.

Kimning kim bo`lishini hali vaqt ko`rsatadi,
Do`stingman deb yurganlar bir kun sani sotadi.
Keyin o`sha pullarga sevib yurgan qizingni
Bir martaga yechintirib, “отвечаю” yotadi.

San karillama, san sakrama,
Sangacha sindirgan hayot sani ham sindirvoradi. (x2)

(San sakrama, san sakrama… {x2})

Lekin birdan hayoting qora tunga aylandi,
Valyutang so`mga, do`stlaring dushmanga.
“Тачка”ng bilan birga sotilib ketdi sevgiling,
Nima bu, qismatmi? Darding aytasan kimga?

Halovat yo`q uyda, qolib ketding bir o`zing,
Nima bu, qismatmi yoki taqdir o`yini?
Oynaga qaraysan, shumi saning ahvoling?
Qani o`sha “авторитет”, qani sani do`stlaring?

“Родной”im deb yurganlaring “родной”ligin qilmadi,
Boyligingda turganlaring singaningda turmadi.
Sinib ketgan oynadek sinib ketdi hayoting,
Tushunolmay qolding, shumi saning ahvoling?

Alam bilan tirnaysan yuragingni har kecha,
Tirnalgan bu yurak bilan ezilasan tonggacha.
Kuyib ketdi hayoting, so`nib ketdi hayoting,
Tushunolmay qolding, shumi saning ahvoling?

“Gucci, Armani, Dolce Gabbana”,
Nega hafasan, “мечтать” qilyapsanmi?
“Мечтай, мечтать не вредно”!
Puling bo`lsa odamsan, bo`lmasa-chi hech kim,
“Это закон”, chidaysan, bu hayot, “прикинь”!

Sanga “по братски совет”: hech kimga ishonma,
Qolgan qizga qiziqma, arzimaydi, man javob!
Hech qachon cho`qinma, cho`qintoy bo`lib sig`inma,
Karillab sakrama, “просто” erkak bo`l. (stop talking)

San karillama, san sakrama,
Sangacha sindirgan hayot sani ham sindirvoradi. (x2)

(San sakrama, san sakrama… {x2})
Sangacha sindirgan hayot sani ham sindirvoradi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Sabinkaga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Mirzabek Xolmedov - Erkak
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Xurshid Rasulov - Uyga quruq qaytmasin erkak
Алёна Валенсия - Мачо
Shaxriyor - Tashlandiq


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты